"Turon" yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi

  • 05.02.2022 22:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan xolda yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan “Turon” jamoasi tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida tajribali yarim himoyachi A’zam Aliev bilan kelishuvga erishdi.

aliev1

Murabbiylar shtabi ko‘rigida bo‘lib turgan markaziy yarim himoyachi bilan bugun rasman shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, Aliev bugunga qadar "Navbahor", "Neftchi", "Surxon" kabi jamoalar safida o‘ynagan.

Bundan tashqari, yana bir yarim himoyachi Bobur Qosimov ham faoliyatini pro ligada "Turon" uchun o‘tkazadigan bo‘ldi. 

bobur_4

Yaypanliklar ushbu futbolchi bilan ham shartnoma imzolashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. Qosimov "So‘g‘diyona", "Mash’al", "Buxoro" va "Dinamo" singari klublarda to‘p surgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!