Tushunib bo‘lmas Baqoev va bahs qahramoniga aylangan hakam haqida

  • 7 avgust, 2022, 01:01
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Uchrashuv boshida "Sug‘diyona" sof markaziy hujumchisiz to‘p surishga qaror qildi. Husniddin G‘ofurov aldamchi to‘qqizlik vazifasini bajarishga urindi. Shu yo‘sinda, Qanot vingerlari markazga yaqinroq joylashgan xolda, markaziy hujumchini pastroqqa tushib to‘p surishiga yordam berdi. Raqib to‘pni yo‘qotgach, ikki qanot hujumchilari ikki tomonga tezlik olish yordamida, bitta uzun pas bilan vaziyat yaratishi, markazdagi aldamchi forvard esa, ularni pozitsion hujumda qo‘llab quvvatlashi ko‘zda tutildi."Paxtakor"ning asosiy kuchi sanalgan markazga hujumchi yordamida bosim qilishi raqibning o‘yin tempini buzish uchun qabul qilingan qaror.

saved2

Bir qarashda yaxshi tayyorgarlikdek ko‘rinishi mumkin, ammo oldiga katta maqsadlarni qo‘yadigan jamoa o‘zi uchun qulay bo‘lgan uslubdan raqibdan cho‘chigani uchungina voz kechishi g‘alati. Balki, Baqoev to‘liq qarshi hujumda o‘ynash variantini tanlagandir. Bunga uning haqqi bor, lekin "Paxtakor"dan hayiqib to‘p surishdan ma’no yo‘q. Agar Baqoev shogirdlari xuddi "Bunyodkor" bilan o‘yinda bo‘lgani kabi oldingi chiziqda erkin 3 futbolchi bilan hujum uyushtirganida, bu qadar bahsli vaziyatga tushib qolmagan bo‘lar edi.

saved

Ikkita goldan keyin, Baqoev start rejasi barbod bo‘lganini sezdi. Darrov 3 futbolchini almashtirib, o‘yin sxemasini shogirdlari ko‘nikkan variantga keltirdi. Shunday bo‘lsada, hammasi qog‘ozda bo‘lgani kabi oson kechmadi. Jamoa shu qadar "Paxtakor" bilan o‘yinga tanlagan sxemaga tayyorgarlik ko‘rgan ekan-ki, hatto bir kishi ko‘p bo‘lgan paytda ham "Sug‘diyona" 4-3-3 ga moslasha olmadi.

Bahsni standart vaziyatdan kiritilgan gol boshqa tomonga burib yubordi. Hisob qisqargach, jizzaxliklar biroz engilroq harakat qilishni boshladi. Shunday bo‘lsada, aytarli vaziyat yarata olgani yo‘q. Uzoq masofaga tashlab beriladigan uzatmalar, qanotdan jarima maydonchasiga tashlab berilgan paslar va Jasur Hasanovning reydlari. Bo‘ldi, boshqa birorta kreativ harakatni muxlislar maydonda ko‘rgani yo‘q.Bazida, faqat taktikani o‘zgartirish kifoya emas ekan. Menimcha, "Sug‘diyona" vaziyatni boshqacharoq qilib hal qilishi mumkin edi. Bu uchrashuvda o‘zgarishlardan ko‘ra, hakamning qarorlari birinchi planga ko‘tarilib ketdi.

Hakam o‘yinga ta’sir ko‘rsatgani rost, ammo uni buzib tashladi deyish noo‘rin. Qizil kartochka borasida uning fikriga 100 FOIZ qo‘shilaman. Penalti 50/50 vaziyat. Ikki tomon ham o‘z argumentiga ega. Hakamni faqatgina keskin qaror qabul qilgani uchun tanqid qilish noto‘g‘ri. Agar kartochka va penalti boshqa-boshqa o‘yinlarda sodir bo‘lganda hech kim Agishevga e’tiroz bildirmagan bo‘lar edi.Shunchaki ikkita keskin chora bir o‘yinga og‘irlik qildi chog‘i. Agar vaziyatlarni sovuq miya bilan tahlil qilsak, arbitrning qarorlarida mantiq bor ekanligi ko‘zga tashlanadi.

k2l3o‘k23o‘lk23

Bu uchrashuv tarixda chempionatdagi intrigani saqlab qolgani bilan hali ko‘p eslanadi. Jizzaxliklar kuchli ishtiyoq evaziga 1 ochko qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Paxtakor" klass jihatidan baland bo‘lishiga qaramay 3 ochkodan ayrildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мехриддин Абдурахмонов
07/08/2022 09:12
Туппа тугри. Реал Карасак хакам ен босмади. Уз вазифасини бажарди. Пахтакор булди Энди кабул килсин , 20 йил вилоят жамоаларига канчадан-канча адолатсизлик билан хакамлик килишган. Уйинни иссикга куймади, прожектор бор факат стадион сал куриб колибди. Кучли бул ва ют.мен футбол курмокчи эдим, бератараф сифатида. Уйинчилар хакамга карамасдан уйнашни урганиш кк.
&
● 10 ●
07/08/2022 09:00
МАНА ШУ МАКОЛАНИ ЁЗГАН ОДАМНИ ОТА-ОНАСИГА РАХМАТ АЙТИШ КЕРАК. ЖУРНАЛИСТ БЕТАРАФ БУЛИШИ, ВОКЕЙЛИККА РЕАЛ КУЗ БИЛАН КАРАШИ КЕРАК. БУ МАКОЛАДА ШУ ЖИХАТЛАР ЯККОЛ КУРИНГАН. ХА АЙТГАНЧА, МЕН ЖИЗЗАХЛИК ЭМАСМАН. ЯНА БИР МАРОТАБА ЖУРНАЛИСТГА РАХМАТ.
Mirkamol Miraxmedov
07/08/2022 07:03
Paxtakor 2 ochkodan ayrildi 3 emas