Tuxel "Bavariya" va "Chelsi"ning takliflarini rad etdi

  • 30.04.2019 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" va "Chelsi" klublari PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxelga jiddiy qiziqish bildira boshlashdi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar ham, londonliklar ham ushbu masala yuzasidan 45 yoshi nemis mutaxassisi bilan bog‘lanishgan. Biroq, u bildirilgan barcha takliflarni rad etgan.

Tuxel Chempionlar ligasi, Frantsiya kubogi va Frantsiya liga kubogida uchralgan muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, keyingi mavsumda ham PSJ bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borishiga to‘liq ishonmoqda.

Ishonchli manbaalarning xabar berishicha Tuxel va Parij klubi mart oyidayoq amaldagi shartnomani 2021 yilga qadar uzaytirishgan. Yangi kelishuvga ko‘ra uning PSJdagi yillik maoshi 7,5 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!