
Tuxel “Bavariya”dan Angliyaning eng zo‘r o‘yinchisini olib kelishni so‘radi
“Bavariya”ni boshqarayotgan Tomas Tuxel jamoasi tarkibini Angliya Premer-ligasida pishgan futbolchilar bilan kuchaytirishni mo‘ljallmoqda.
Germaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan Deklan Raysni olib kelishni so‘rayapti. Bu haqda taniqli jurnalist Kristian Falk xabar berdi.
Biroq, myunxenliklarga 24 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Tayan zonada to‘p tepadigan o‘yinlar orasida dunyo eng zo‘rlaridan hisoblangan Deklan Raysga qator grand klublar ko‘z tikmoqda.
“Vest Xem” jamoa sardorini 120 million funtga baholayapti. Odatda, Bundesliga klublari qimmat transferlarni amalga oshirmaydi.
Fikrlar