Tuxel: Bu o‘rtamizda qolishi kerak edi!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida “Portu” ustozi Serjio Konseysau bilan yuzaga kelgan ziddiyat bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
Record nashri portugaliyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng Tuxel hamkasbini haqoratlagani va Konseysau shikoyat qilgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
- Bu men va Konseysau ikkimiz o‘rtamizdagi kichik tortishuv xolos. Negadir, keyinchalik hammasi menga qarshi ishlatilmoqda. Men buni ikki murabbiy o‘rtasidagi ish, deb o‘ylagandim, lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Bu ziddiyatdan hech kim ziyon ko‘rgani yo‘q, - dedi Tomas Tuxel.
Ma’lumki, birinchi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan “Chelsi” o‘z maydonidagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, yarim finalga chiqdi.
Fikrlar