
Tuxel “Chelsi” yulduzlaridan qutilmoqchi
“Chelsi”ni qabul qilib olgan Tomas Tuxel tarkibni o‘ziga moslashtira boshladi. Londonliklar bosh murabbiy talabiga ko‘ra, yozgi transferlar vaqtida ikki hujumkor yarim himoyachidan birini sotib yuboradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kristian Pulishich va Hakim Ziesh o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi. Kim ketishi joriy mavsum oxirida hal etiladi.
O‘z navbatida, “Chelsi”ga katta umidlar bilan olib kelingan pleymeyker Hakim Ziesh Tomas Tuxel yuritayotgan siyosatdan norozi bo‘lmoqda. Katta ehtimol bilan jamoani Frenk Lempard davrida olib kelingan aynan shu futbolchi tark etadi.
Fikrlar