Tuxel "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng Kimning harakatlaridan norozi bo‘ldi

CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel EChL doirasidagi "Real"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u kecha bir necha vaziyatda hushyorlikni yo‘qotgan janubiy koreyalik himoyachi Kim Min Jaeni tanqid qildi.

"U birinchi gol oldidan Vinisiusga erta qarshilik ko‘rsatdi va Kroos bundan foydalanib, ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Ikkinchi gol urilgan vaziyatda esa "Real"ning ikki futbolchisiga qarshi besh kishi bilan bunchalik agressiv o‘ynamasligimiz kerak edi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" - "Real" uchrashuvi tomonlarning 2:2 hisobidagi jangovor durangi bilan yakun topdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!