U-17 Jahon chempionati. Marokash Yangi Kaledoniya darvozasiga javobsiz 16 ta gol kiritdi. Yaponiya esa Portugaliyadan ustun keldi
Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. “A”, “B”, “C” va “D” guruhlaridagi 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu turda Marokash Yangi Kaledoniya darvozasiga 16 ta gol urdi — 16:0. Osiyo qit’asi vakili Yaponiya Portugaliyani mag‘lub etgan bo‘lsa, Birlashgan Arab Amirliklari esa Senegalga yutqazdi.
Quyida 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:
Fiji U-17 0:7 Argentina U-17
Belgiya U-17 2:0 Tunis U-17
Portugaliya U-17 1:2 Yaponiya U-17
Marokash U-17 16:0 Yangi Kaledoniya U-17
Birlashgan Arab Amirliklari U-17 0:5 Senegal U-17
Xorvatiya U-17 3:1 Kosta-Rika U-17
Boliviya U-17 0:0 Qatar U-17
Italiya U-17 3:1 Janubiy Afrika U-17
Fikrlar