
U-17 JCh. Ispaniya Yaponiyani taslim qilib, chorak finalga yo‘l oldi
17 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan JChning nimchorak final bahslari start oldi. Ushbu bosqichda Ispaniya va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
O‘yinda Kasanova 8-daqiqadayoq hisobni ochdi. Birinchi taym so‘nggida yaponiyaliklar imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 74-daqiqada Giu g‘alaba golini urdi.
Ushbu g‘alaba orqali Ispaniya keyingi bosqichga yo‘l oldi. Avvalroq, Braziliya chorak finalga chiqqandi.
Fikrlar