
U "Barsa"da qolmoqchi
Marca nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann yozga transfer oynasi vaqtida klubni tark etishni rejalashtirmayapti.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘zi haqidagi mish-mishlarg e’tibor qilmasdan, yangi mavsumda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xar qanday raqobatga tayyor.
Joriy mavsumda Antuan "Barsa" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Lautaro Martinesning transferi uchun kataloniyaliklar Grizmanni sotib yuborishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Fikrlar