U “Barsa”ga kerak emas!

  • 29 sentabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” uzoq davom etgan muzokaralarga qaramay, “Inter”ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martinesni transfer qilmaydigan bo‘ldi.

Bunga milanliklar kataloniyaliklarning har qanday taklifini qabul qilmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

“Inter” tarkibiga 2018 yili qo‘shilgan Lautaro Martinesning o‘zi ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tmoqchi edi. Martines orzusi terma jamoadagi Lionel Messi bilan bir klubda to‘p surish ekanini ta’kidlagan. Biroq, uning “Barselona”ga transferi amalga oshgunicha, Messi boshqa klubga o‘tib ketishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!