U Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Ayni damda faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettirayotan Maruan Fellayni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
31 yoshli futbolchi bu haqda o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
“12 yil davomida Belgiya terma jamoasi uchun eng yuqori saviyada o‘ynadim va ayni paytga kelib xalqaro faoliyatimni yakunlashga qaror qildi. Bu qarorga kelish men uchun oson bo‘lmadi, ammo endi Belgiya futbolining keyingi avlodi mamlakat futboli tarixidagi ushbu muvaffaqiyatli davrni davom ettirishga imkon berish uchun eng to‘g‘ri vaqt deb hisobladim”, - deydi Fellayni.
Ma’lumot uchun, Fellayni Belgiya terma jamoasi safida jami 87ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 18ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U Belgiya terma jamoasi bilan birgalikda JCh-2018da bronza medallarni qo‘lga kiritdi.



Fikrlar