U "Borussiya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 09.03.2020 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi forvardi Kilian Mbappe tomoq og‘rig‘i sabab jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra Mbappe 11 mart kuni “Borussiya” Dortmundga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final javob bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 2:1 hisobida dortmundliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!