U "Chelsi"dan ketmoqchi
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Hakim Ziesh londonliklar safini tark etmoqchi.
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, marokashlik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning rejalariga kirmaydi.
Zieshga “Milan”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Rossonerilar” uni ikki mavsumga ijaraga olishga tayyor. Hakimning o‘zi ham omadini A Seriyada sinab ko‘rishga qarshi emas.
"Chelsi" Ziesh 2020 yilning yozida “Ayaks”dan sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 23 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar