U "Milan"dan ketmaydi

  • 27.04.2020 15:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi yarim himoyachisi Frank Kesse atrofidagi turli mish-mishlarga qaramay jamoadan ketmoqchi emas.

“Milan”ga o‘tish bu tavakkal edi, ammo biz rozi bo‘ldik. Chunki, bu jamoa biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Loyiha rivojlanmoqda va men Frankning kelajagi “Milan”da ekaniga ishonaman. Biz hozir rivojlanish cho‘qqisida turgan dunyoning eng mashhur jamoalaridan biridamiz”, - deydi futbolchining agenti Jorj Atangan.

Kesse “rossonerilar” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 121 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!