
U Ronalduning o‘rnini egallaydi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari tarkibni jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati hujum chizig‘iga “Lion” forvardi Mussa Dembeleni olib kelishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Manchester Evening News nashri.
Manchesterliklar bu transferni Krishtianu Ronaldu jamoani tark etsa amalga oshirmoqchi.
“Lion” ham o‘z etakchisini yaxshi summa evaziga qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Mussa Dembele o‘tgan mavsum to‘purarlik mahoratini namoyish qila oldi. U jamoa tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar