U yana besh yil MYuda o‘ynaydi
“Manchester Yunayted” Skott Maktominey bilan 2025 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma tuzdi. Iste’dodli futbolchi besh yildan so‘ng, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ham ega.
- Men “Manchester Yunayted”ning bir bo‘lagiga aylanganimdan mamnunman. Men bu jamoaga borimni berishga tayyorman, - dedi Skott.
Skott Maktominey klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U debyut uchrashuvini 2012 yili “Arsenal”ga qarshi o‘tkazgan. Shundan buyon u 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Fikrlar