
Bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi uchun A Seriya grandlari kurash boshladi
Amsterdamning “Ayaks” klubi o‘ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Milan News nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli Marokash terma jamoasi a’zosiga “Milan”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan. Ushbu transferga “rossonerilar” rahbariyati ham rozilik bildirgan.
Mazraui uchun kurashda “Milan”ga A Seriyaning yana bir grandi - “Roma” raqobat ko‘rsatishi mumkin. Amsterdamliklar esa o‘z futbolchisini 10 million evroga baholamoqda.
Mazraui bu mavsum “Ayaks” safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar