U19 chempionati. "Navbahor" muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi
O‘zbekiston U19 chempionatida 21-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi.
E’tiborlisi, "Sho‘rtan" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan "Navbahor" muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Namanganliklar eng yaqin ta’qibchisi "Paxtakor"ni 5 ochkoga ortda qoldirgan. Chempionat yakuniga 1 tur bor.
Ma’lumot uchun, U19 birinchiligining amaldagi chempioni Farg‘onaning "Neftchi" klubi hisoblanadi.

Fikrlar