
U23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston - Turkmaniston: Vakillarimiz hisobni ochdi! (matnli translyatsiya)
U23 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi O‘zbekiston - Turkmaniston uchrashuviga start berildi. Quyida mazkur qarama-qarshilikdan matnli translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.
90+5. Uchrashuv yakunlandi! O‘zbekiston dastlabki turda g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi.
90+4. Qizil yo‘qmi? Deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Fayzullaevni qo‘pollik bilan to‘xtatgan Ballakovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
90+4. Abduvohid so‘nggi soniyalarda faollik ko‘rsatishga majbur bo‘lyapti.
90+3 Ibragimov zarba pozitsiyasida bo‘lishiga qaramay pas berdi. Uning bu qarori xato bo‘lib chiqdi.
90+1. Fayzullaevning uzatmasidan keyin raqib himoyachisi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yuborishiga bir bahya qoldi, ammo to‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo‘shildi.
90. SEYV! Ne’matov jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.
89. Turkmanistonlik futbolchilar jarima maydonimiz yaqinida standart vaziyatga ega bo‘ldi.
88. Dinievning zarbasidan so‘ng to‘p to‘sinni titratdi. Faolroq bo‘lish kerak, yigitlar!
86. Jarima maydonimiz ichidagi to‘pni Ne’matov mushtlari bilan urib, xavfni bartaraf etdi.
84. So‘nggi daqiqalarda raqib futbolchilari ancha faollashdi. Bo‘shashish kerak emas, yigitlar!
82. Ruslan Jiyanov gol urmoqchi. Uning bu safargi zarbasi
81. Vakillarimiz bosiqlik bilan to‘pni nazorat qilmoqda.
80. Jarohat olgan Alibek o‘z o‘rnini Odilbek Abdumajidovga bo‘shatib berdi.
79. Davronov yana bir marta shifokorlar yordamidan foydalandi. Hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi.
78. Raqib futbolchisi jarima maydonimiz ichida xavfli o‘ynadi. Abduvohid erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritishi lozim.
77. Alibek Davronovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
75. GOOOOOOOOOOOLLLLLL! Hoshimov mo‘ljalda adashmadi!
Ulug‘bekning chap tomonga bergan zarbasini darvozabon qaytardi, ammo to‘p darvoza to‘ridan joy oldi.
75. To‘p yonida Ulug‘bek Hoshimov.
74. To‘p jarima maydoni ichida raqib futbolchisining qo‘liga tegdi. Bu - penalti!
73. Zaxiradan maydonga tushgan Jiyanov o‘yinni ancha jonlantirdi. Uning zarbasi xafli chiqdi.
72. Jarima maydoni ichida Fayzullaev yiqilib tushdi. Hakam unga o‘rnidan turishi kerakligini ta’kidladi.
70. Husain Norchaev va Jasur Jaloliddinov zaxiraga olindi. Ular o‘rniga Ruslanbek Jiyanov hamda Abbos Fayzullaev o‘yinga qo‘shildi.
69. Bahs vakillarimizning to‘liq ustunligi ostida davom etmoqda.
67. Futbolchimizga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
65. Jasur Jaloliddinovning urinishiga aniqlik etishmadi.
64. Hojimat Erkinov yaqin masofadan zarba bera olmadi. Afsus, yana bir imkoniyat ko‘kka sovurildi.
63. Kapadze ikkita o‘zgarishga qo‘l urdi. Ibragimov hamda Hoshimov maydonga tushdi. Ular Jo‘raqo‘ziev va Xolmatovni almashtirdi.
62. Darvozamiz tomon uzoq masofadan berilgan zarba noaniq ketdi.
60. Otabek Jo‘raqo‘zievga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
59. Raqib tarkibida o‘zgarish: Muratberdiev o‘z o‘rnini Chorievga bo‘shatib berdi.
58. Xolmatovning Kuarejma uslubida bergan pasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.
56. Hamralievning chap oyoqda yo‘llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
55. Husain jarima maydoniga etkazib berilgan to‘pni darvozaga to‘g‘irlab yubora olmadi. Ammo vakillarimizda burchak zarbasi bor.
54. Bu gal Xolmatov darvozani "o‘qqa tutdi". Raqib jamoa posboni xavfni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
53. Norchaevning zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni ushlab oldi.
53. Futbolchilarimiz raqibga bosim uyushtiryapti. Darvozabon xatoga yo‘l qo‘ymoqda.
52. Avvaliga Xolmatov, so‘ngra Jaloliddinovning zarbasi himoyachilardan qaytdi.
51. Jarima maydoniga yorib kirayotgan Hojimat qoida buzish evaziga to‘xtatildi. Ajoyib imkoniyatga egamiz.
50. Bo‘rievning xatosidan so‘ng Muradov qulay imkoniyat hosil qildi va zarba berdi. Ne’matov o‘z o‘rnida!
49. Turkmanistonlik futbolchi oyoq mushaklarini jarohatlab oldi. Unga tibbiy yordam kerak.
48. Bu safar Jaloliddinov jarima maydoni tashqarisidan "pushka" yo‘lladi. Noaniq.
47. Vakillarimiz ikkinchi 45 daqiqalikni ham faol boshladi. Erkinovning qanotdan uyushtirgan reydi noaniq pas tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
46. Ikkinchi taymga start berildi!
46. Bo‘limlar oralig‘ida raqib safida o‘zgarish. 6-raqam ostida harakat qilgan Roman Galkin o‘z o‘rnini 4-raqamdagi Vepa Jumaevga bo‘shatib berdi.
46. Umid qilamizki, Kapadze tanaffusda shogirdlariga kerakli ko‘rsatmalarni berib ulgurgan.
46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz.
45+3. Birinchi taymda hisob ochilmadi. Tanaffus!
45+1. Erkinovning jarima maydoniga bergan pasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
45. Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
43. To‘p asosan maydon markazida bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan, tomonlar so‘nggi hujum uchun kuch to‘plamoqda.
41. Raqibning hujumi, jarima maydoniga oshirilgan to‘p Begenchmurat Muradovga qadar etib kelmadi.
39. Bo‘lim so‘ngiga qadar futbolchilarimiz nazoratni o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Biroq yaratilgan vaziyatlardan foydalanish lozim.
37. Hojimat Erkinov tomonidan jarima maydoni ichiga oshirilgan to‘p yo‘l-yo‘lakay himoyachiga tegib, to‘g‘ri darvoza tomon yo‘naldi. Ammo darvozabon vaziyat qahramoni.
35. Har erda hoziru nozir Norchaev bu gal pressing uyushtirib, darvozabonni xatoga yo‘l qo‘yishga majbur qildi. Lekin vaziyatni davom ettira olmadi.
34. Husaindan yana bir noaniq harakat. Bu safar u to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda xato qildi.
33. Bu safar darvozabon ham yordam bera olmasdi. Biroq Husain Norchaev yaqin masofadan noaniq zarba berdi.
31. O‘yinda temp biroz pasaydi.
29. Abdurauf Bo‘rievning kuchli zarbasini raqib tarkibidagi "Kurtua" qaytardi.
27. Turkmanistonlik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
26. Jasurning bu safargi urinishidan so‘ng to‘p rikoshet natijasida to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
25. Xolmatov Jaloliddinovning uzatmasiga eta olmadi. Darvozabon to‘pga ega chiqdi.
24. Jasur Jaloliddinovning jarima maydoni ichidan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.
23. Davronovga nisbatan qoida buzgan Muradov ogohlantirildi.
21. Jo‘raqo‘zievning zarbasi yo‘liga himoyachilar blok qo‘ydi. Burchak zarbasi.
20. Olimpiyachilarimiz qanotlarni faol ishga solgan holda, o‘z hujumlarini tashkillashtirmoqda.
18. Jaloliddinovning uzatmasiga aniqlik etishmadi.
17. VARdagi yordamchilari bilan maslahatlashgan referi o‘z qarorini o‘zgartirmadi.
16. Hisob ochildi! Biroq hakamlar Hojimat Erkinovning golini qoidaga zid deb topdi. To‘p unga etkazilishidan oldin maydonni tark etgan ekan.
14. To‘p jarima maydoni ichida Alibek Davronovning qo‘liga tegdi. Hujum shu nuqtada barbod bo‘ldi.
13. Ikkinchi bor jarima maydoniga yaqin hududda standart vaziyatga egamiz. To‘p yonida Jaloliddinov...
12. Futbolchilarimiz raqib jarima maydoniga ketma-ket to‘p oshirmoqda. Ammo yakuniy nuqtani qo‘yadigan "mard" topilmayapti.
10. Hidirovning zarbasi ancha xavfli chiqdi. To‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
9. Vakillarimiz jarima maydoni yaqinida standartga ega bo‘ldi.
8. Hujumda xatoga yo‘l qo‘ygan Norchaev to‘p yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi.
6. Darvozabon qarshisida yolg‘iz qolgan Jo‘raqo‘ziev to‘pni o‘zidan qochirib yubordi. Natijada, darvozabon xavfni bartaraf etdi.
5. Burchakdan oshirilgan to‘pni mehmonlar jarima maydonidan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
4. Kapadze shogirdlari to‘p nazoratini qo‘lga olishga harakat qilmoqda.
2. Dastlabki hujum vakillarimizda. Qanotdan oshirilgan to‘pni darvozabon mushtlari bilan uzoqlashtirdi.
1. Ilk daqiqadayoq sardorimiz Jasur Jaloliddinovga nisbatan qoida buzildi. Unga bugun oson bo‘lmasligi aniq.
1. Uchrashuvga start berildi!
20:28. Hakamlar har ikki jamoa sardorlari bilan o‘yinni kim boshlashiga oydinlik kiritib oldi.
20:26. Navbat O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga. Uni barchamiz birgalikda kuylaymiz!
20:25. Birinchi bo‘lib Turkmaniston Respublikasi madhiyasi yangraydi.
20:23. Va nihoyat! Futbolchilar maydonga tushib keldi. O‘yin bir necha daqiqa ichida start oladi!
20:15. Mushaklar shousi boshlandi! Arenaga yig‘ilgan muxlislarning olqishi tinmayapti.
20:10. Ochilish marosimi boshlandi. Maydonga hozircha, raqqosalar tushib keldi.
Fikrlar