Uch grand 19 yoshli “Gigant” uchun kurashmoqda

  • 24 fevral, 14:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi vakili “Bornmut”ning iste’dodli himoyachisi uchun kurash boshlandi. Jamoaning 19 yoshli markaziy himoyachisi Din Xeysen grand klublar nishoniga tushdi. 

Tecno

TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, bo‘yicha 195 santimetrni tashkil qilayotgan “bahaybat” futbolchini “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Pari Sen-Jermen” talashyapti. 
“Bornmut” o‘z o‘yinchisini 50 million funtga baholayotgani aytilmoqda. Mutaxassislar Din Xeysenning ustun tomonlari sifatida himoyachining hujum qilish qobiliyatini e’tirof etmoqda. Din vaziyat taqozo etgan pallada tezda oldingi chiziqda paydo bo‘ladi. 

Bundan tashqari, ispaniyalik iqtidorli o‘yinchi to‘pni o‘z jarima maydonchasidan uzoqlashtirish, raqibning yuqoridan kelayotgan paslarini kesib qo‘yish, to‘pni egallab olishga usta ekani aytilmoqda. 

Din Xeysen aslida “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Turinliklar jamoasidan tashqari, o‘tgan yili yarim mavsum “Roma”da ham to‘p tepdi. 

“Bornmut” o‘tgan yoz bu o‘yinchini 15,2 million evroga transfer qilgandi. Endi bu klubda xarajatlarni bir necha baravar ortig‘i bilan qoplash imkoniyati yuzaga keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!