Uchar tulporlar bahsi

2021 yil 27-iyun kuni «Maxima stables» sport majmuasida Jahon kubogi musobaqasi bosqichi bo'lib o'tdi. Shou sakrash bo'yicha Evroosiyo ligasida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishdi.
CSI-CH yo'nalishi bo'yicha musobaqa natijalariga ko'ra joylar quyidagicha taqsimlandi:
1-o'rin Boburjon Valijonov (O'zbekiston)
2-o'rin Yekaterina Gladkova (Rossiya)

Shu kuni «Maxima stables» ot sport majmuasida Jahon kubogi musobaqasi bosqichi bo'lib o'tdi. Evroosiyo ligasi, millatlar kubogida to'rt jamoa ishtirok etdi: O'zbekiston, Rossiya, Qirg'iziston va Armaniston.
Musobaqa natijasida jamoalar quyidagi o'rinlarni egallashdi:
1-o'rinni egallagan Rossiya jamoasi
2 o'rinni egallagan O'zbekiston jamoasi
3-o'rin Qirg'iziston jamoasi

Alohida takidlab o'tish lozimki, to’siqlardan sakrash bo'yicha ot sportining O'zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va o'zlarining jangovar sheriklari, sodiq do'stlari — otlari bilan birgalikda Rossiya davlatining Moskva shahrida «Maxima stables» va «Otrada» ot sport klublarida bo'lib o'tgan Xalqaro musobaqalarda qatnashdilar.

Unda O'zbekiston, Rossiya, Armaniston, Qirg'iziston, Belorussiya, Qozog'istonning etakchi sportchilari qatnashdi. Sportchilarimiz yakka tartibda ham, jamoaviy bahslarda ham ishtirok etishdi va nufuzli o’rinlarni egallab, 9 ta oltin, 11 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!