Uchinchi o‘rin qimmatga tushdi. “Barsa” 17 futbolchidan voz kechdi

  • 23 may, 2021, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tez orada “Barselona” rahbariyati jamoaga erkin agent sifatida keladigan ikki yulduz – Serxio Aguero  va Memfis Depay transferini e’lon qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar tarkibni tozalashga alohida e’tibor qaratadi va muvaffaqiyatsiz mavsumda o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmagan jami 17 futbolchini transferga qo‘yadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, jamoadan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar orasida Pike, Alba va Buskets kabi uzoq yillardan beri to‘p tepayotgan yulduzlar ham bor.

Klub prezidenti Joan Laporta birinchi bo‘lib Jerar Pikedan qutilmoqchi. Yangi rahbarga Pikening olayotgan maoshining yuqoriligi, uning jamoadagi mavqei va boshqa futbolchilarga ta’siri kuchliligi  yoqmayapti.

Laporta Pikening o‘rniga “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!