Uchrashuvdan keyin Grem Potter nimalar dedi?
"Chelsi" Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Borussiya"ni 2:1 hisobida mag‘lub iqlib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Javob bahsida London klubi mehmonlar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Grem Potter o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu ehtirosli oqshom bo‘ldi. "Stemford Bridj" larzaga keldi. Shunday bo‘lishini bilgandim va bizning g‘alabamiz bilan yanada ajoyib atmasfera yuzaga keldi. Yigitlar munosib qarshilik ko‘rsatdi. Biz g‘alaba uchun harakat qildik. Bu - eng yaxshi jamoa", - dedi angliyalik mutaxassis.
Potter Xavertsning penaltini qayta amalga oshirganiga ham reaktsiya bildirdi.
"Men qonun-qoida buzilganini bilganim yo‘q. Ammo ikkinchi bor u to‘pga yaqinlashganida unga qaray olmadim. Shunchaki muxlislar xursandchiligidan gol urilganini bilib oldim", - deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
"Chelsi"dan tashqari chorak finalga "Benfika" ham chiqdi. Portugaliyalklar "Bryugge"ni yirik hisobda mag‘lub qilib, o‘zini kuchsiz klub emasligini bildirib qo‘ydi
Fikrlar