
UEFA "Barselona", "Chelsi" va "Roma" kabi klublarni jarimaga tortdi
Evropa futboli assotsiatsiyalar uyushmasi (UEFA) bir qator klublarni moliyaviy intizomni buzgani uchun jarimaga tortdi. Gap jamoalarning o‘z daromadiga nisbatan jamoa tarkibiga qilingan xarajatlari haqida boradi.
2024 yilda yakunlangan moliyaviy yil uchun xarajat limiti klub daromadining 80 foizi etib belgilangan edi. Ushbu ko‘rsatkich 2025/26 mavsumidan boshlab 70 foizga tushiriladi.
UEFA ma’lum qilishicha, besh klub ushbu limitni buzgan — ularning xarajatlari 80%dan 90%gacha bo‘lgan.
Natijada quyidagi jarimalar qo‘llanildi:
"Chelsi" – 20 million evro
"Barselona" - 15 million evro
"Lion" - 12 million evro
"Aston Villa" – 11 million evro
"Roma" - 3 million evro
UEFAning ta’kidlashicha, jarimalar mutlaq tarzda qo‘llangan va har bir klub xarajat limitini qay darajada oshirganiga qarab belgilangan.
Fikrlar