
УЕФА Чемпионлар лигаси кубоги Тошкентда!
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi va “Pepsi Uzbekistan” “UEFA Chempionlar ligasi kubogi”ning Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba O'zbekiston poytaxtiga olib kelinishini e'lon qiladi. Futbol olamidagi asosiy mukofotlardan biri bo’lgan kubok poytaxtimizning “Anhor Lokomotiv” bog'ida joylashgan “Axelon” karting klubida 22-23 fevral kunlari namoyish etiladi.
Mukofotning dunyo shaharlarida namoyish qilinishi futbol muxlislarining sevimli va uzoq kutilgan tadbirlaridan biridir. Bu galgi “Kubok va muhlislar uchrashuvi”ning o'ziga xosligi shundaki, ushbu mukofot avval faqat Yevropa mamlakatlariga keltirilgan va ommaga namoyish qilingan.
“UEFA Chempionlar Ligasi kubogi”ning Toshkentga olib kelinishi nafaqat yurtimiz balki, Markaziy Osiyo tarixida ham muhim voqeadir. Aynan bizning kompaniyamiz mazkur afsonaviy kubokni O’zbekistonga olib kelish sharafiga ega ekanidan bag’oyat hursandmiz. Ushbu voqea mintaqa va mamlakat futbol muxlislari xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga ishonamiz." – deb izohladi O`zbekistondagi PepsiCo hamkori “International Beverages Tashkent” kompaniyasi ijrochi direktori Maksim Yefremov.
Bu haqiqiy futbol ishqibozlari, Toshkent aholisi va shahar mehmonlari uchun “UEFA Chempionlar Ligasi kubogi”ni o'z ko'zlari bilan ko'rishning ajoyib imkoniyatidir. Yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan “Pepsi Uzbekistan” jamoasi say harakatlari tufayli 22 va 23 fevral kunlari muxlislar kubok bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lishadi va uning yutimizga olib kelishiniga bag'ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishlari ham mumkin.
“UEFA Chempionlar Ligasi kubogi” — bu balandligi 74 sm va og'irligi 7,5 kg bo’lgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955 yildan beri eng zo’r futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda g’olib bo’lgan klublarning nomlari o’yib yozilgan. Kubokning hozirgi egasi Angliyaning "Liverpool" klubi.
Siz https://t.me/pepsi_uefa_bot Telegram botida ro'yxatdan o'tib, tadbir ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.
Фикрлар