UEFA nega uzr so‘radi?
UEFA “Evro-2020” garchi 2021 yilda o‘tkazilsada, uning nomi saqlanib qolishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Keltirilgan xato uchun uzr so‘raymiz. 2021 yilda o‘tkaziladigan Evropa chempionatining nomi bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Avvalgi tvit texnik xato sabab e’lon qilib yuborildi”, - deyiladi tashkilot bergan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, UEFA bir necha kun oldin "Evro-2020"ni koronavirus pandemiyasi sabab kelasi yilga qoldirgani haqida e’lon qilgan edi.
Fikrlar