
UEFA PSJ transferlaridan shubhaga tushdi
PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Qatar klublariga uchta futbolchisi – Marko Verratti, Yulian Draksler va Abdu Dialloni sotib yubordi.
Bu transferlar parijliklar uchun omadli bo‘ldi. Transfermarkt portali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, PSJ bu savdodan 69 million evro foyda ko‘rdi.
UEFAni aynan mana shu transferlar qiziqtirmoqda. Agar xalqaro tashkilot PSJ xo‘jayinlarining ushbu o‘yinchilarni olgan “Al-Ahli” va “Al-Arabi” klublari rahbariyati bilan aloqalari o‘ta yaqinligi aniqlansa, UEFA PSJga bu transferlardan kelgan foydani hisobotga kiritishga yo‘l qo‘ymaydi.
Mutaxassislarning aytishicha, qatarlik shayxlarning o‘zaro aloqalari PSJga yuqoridagi transferlarni qimmatroq narxlarda amalga oshirishiga sharoit yaratgan bo‘lishi mumkin.
Bu esa, PSJga moliyaviy feyr-pley bo‘yicha kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi.
Fikrlar