UEFA "Real", "Borussiya D" va "Latsio" muxlislarini ranjitishi mumkin

  • 16.03.2020 21:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA 17 mart kuni koronavirus COVID-19 sabab to‘xtatib qo‘yilgan chempionatlar taqdirini hal qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra agar chempionatlar davom ettirilmasa, u holda hozirgi paytda jadvalda etakchilik qilayotgan jamoalar chempion sifatida e’tirof etiladi.

Sobiq Yugoslaviyada 1999 yil “Partizan” klubi mamlakatda urush boshlangani sabab shu tariqa chempion bo‘lgan edi.

Ta’kidlash kerakki, ayni damda Evropaning top-10 chempionatlarida quyidagi jamoalar etakchilik qilishmoqda:

"Barselona" (Ispaniya), "Liverpul" (Angliya), "Bavariya" (Germaniya), "Yuventus" (Italiya), PSJ (Frantsiya), "Portu" (Portugaliya), "Zenit" (Rossiya), "Bryugge" (Belgiya), "Ayaks" (Niderlandiya) va "Shaxtyor" (Ukraina).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!