UEFA Samir Nasrini bir yilga futboldan chetlatdi
UEFA frantsiyalik mashhur yarim himoyachi Samir Nasrini uzoq muddatga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi nashrning yozishicha ta’qiqlangan usulda davolangan 30 yoshli futbolchi tashkilot tomonidan bir yilga futboldan chetlatilgan.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” va “Manchester Siti” kabi mashhur jamoalarda to‘p surgan Nasri mavsumni Turkiyaning “Antalyaspor” klubida davom ettirayotgan edi. Biroq, u yanvarda ushbu jamoa safini tark etgan.
Fikrlar