UEFA Superliga ishtirokchilariga qaqshatqich zarba bermoqchi! «Yuventus», «Real» va «Barselona»ga qiyin bo‘ladi

  • 9 may, 2021, 23:11
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Juma kuni Evropa futbol rahbarlari Superliga sababli UEFA ro‘yxatidan chiqarilgan 9 klubning qayta ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qildi. «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Chelsi», «Inter», «Milan» va «Atletiko» boshini egib, yana UEFA tasarrufiga qaytib keldi.

«Ikki hafta ilgari bo‘lib o‘tgan kongressda xatolarni tan olish uchun kuchli bo‘lish kerakli haqida aytgan edim. Bu klublar shunday qilishni uddaladi. UEFA ularni kechiradi va oldinga qadam tashlaydi. Pozitiv bo‘lishga urinaylik!»

Bu yaqindagina Evropaning badavlat klublariga qarshi bir o‘zi urush olib borgan Aleksandr Cheferinning so‘zlari edi. E’tiborlisi shundaki, UEFA g‘alaba qozonibgina qolmay, bosh ko‘targanlarni jazolashni ham unutgani yo‘q. 9 klub 15 milliondan quruq qoladi! Bu hali hammasi emas!

jsaifjaisjgg

UEFA o‘z qarmog‘iga qaytib kelgan grandlarni quchoq ochib kutib olmasligi aniq edi. Shunday hol bo‘ldi. Xo‘sh, yuqorida zikr qilingan 9 klubni kutib turgan jarimalar bilan tanishib oling:

* Chin yurakdan UEFAning turli xayriya ishlariga 15 million evro o‘tkazib berish shart. Bu pullar futbol rahbarlari tomonidan kerakli joylarga sarflanadi;

* Evro mavsum davomida olingan sof daromadning 5 foizini UEFAda qoldirish;

* Agar yana UEFAning ruxsatisiz yangi musobaqa tashkil etmoqchi bo‘lsa, 100 million evro jarimaga tortiladi. EChL va boshqa musobaqalar qoidalariga zid harakatlar kuzatilsa, 50 million evroning bahridan o‘tadi!

5 foiz daromad kichik summami?

gerogkeorkheh

Xo‘sh, bu summa 9 klubdan undrilsa, qanday ko‘rinish oladi? Joriy mavsumdagi jamoalarning EChL va Evropa ligasidagi ishtirokidan kelib chiqib tuzilgan ro‘yxatga e’tibor qarating. «Liverpul» – 4,4 mln evro, «Siti» – 5,19 mln (Chempion bo‘lsa, summa ortadi), «Chelsi» – 5,03 (Chempion bo‘lsa, summa ortadi), «Manchester Yunayted» – 3,5 mln, «Arsenal» – 1,38, «Tottenxem» – 0,975, «Atletiko» – 3,725, «Inter» – 2,435. Umumiy hisobda 30 mln evrodan ortiqroq ko‘rsatkich paydo bo‘lmoqda. «Yuventus», «Real» va «Barselona»ning ulushini qo‘shmagan holda hisoblaganda shunday summaga guvoh bo‘lyapmiz.
Bundan tashqari, UEFA 5 foiz foydani qaysi mavsumda qo‘lga kiritishi haqida ma’lumot bermagan.

* Futbol moliya eksperti - Kiran Maguayrning ma’lum qilishicha, bu jazo shunchaki klublarga kim aslida kim ekanligini ko‘rsatib qo‘yish uchun o‘ylab topilgan. Qandaydir 3-4 million evro bilan grandlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning imkoni yo‘q;

* BBC jurnalisti - Saymon Stoun bergan xabarga ko‘ra, «Tottenxem», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klub byudjetiga tegmagan holda cho‘ntagidan jarima to‘laydi;

* Shunga qaramay, Angliyaning kuchli 6 klubi bu bilan chegaralanmaydi. APL ko‘tarilgan qo‘zg‘olon uchun ularning barchasiga katta summa aks etgan jarima cheklarini jo‘natadi. Ligadagi qolgan 14 klub o‘z noroziligini rahbariyat bilan shu tariqa bildirib qo‘ymoqchi.

«Real», «Yuve» va «Barsa»! Uch og‘a-inilarga nima bo‘ladi?

O‘z xatosini anglab, Superligani tark etgan klublar osonroq qutiladi. Barchasini boshlagan 3 klub bilan UEFAning o‘z hisob-kitobi borga o‘xshaydi. ESPN nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu jamoalarni UEFA 2 yilga evrokuboklarsiz qoldirishni reja qilgan. Bundan xabar topgan uchlik o‘zaro kelishib bayonot bilan chiqdi.

* Superliga g‘oyasi futbolni tirik ushlab qolish va uni barcha zamonlardagi eng zo‘r shouga aylantirish uchun yagona vosita;

* UEFA va FIFAning ruxsatisiz hech qachon musobaqa tashkil etish rejada bo‘lmagan;

* Futbol oilasini yangi loyiha bilan kattaroq daromad olishini yo‘lga qo‘yish;

* UEFA va FIFA bosim uyushtirishdan to‘xtashi va uchlik taklif etayotgan variant ustida bosh qotirishi kerak.

fjiwejiwjgewg

Qisqacha qilib aytsak, uchlik otdan tushsa ham, egardan tushgani yo‘q. Endi barchasini FIFA rahbari - Janni Infantino hal etadi. Aslida, FIFA Superligani olib qolishi ham mumkin edi. Infantino ruhsat berganida, turnir Arab yoki MLS stadionlarida tashkil etilishi avval boshidan o‘ylab chiqilgan, biroq qahramonimiz Aleksandr Cheferin tomoniga o‘tdi. Yakunda, bu UEFAning «jangda» g‘alaba qozonishi bilan yakunlandi.Endilikda, sanktsiyalar bobida ham FIFA o‘z fikrini yashirib o‘tirmayapti. Ushbu klublarning dunyo futbolida tutgan o‘rni ulkan. Buni anglagan xolda Infantino keskin choralardan tiyilish lozimligiga shama qildi:

«Biz qattiqqo‘l bo‘lishimiz lozim, ammo umumiy narsalarda umumiy jazo qo‘llash noo‘rin. Sanktsiyalar haqida fikr bildirar ekanmiz, har doim ehtiyot bo‘lishimiz shart. Klubni jazolash orqali biz beayb bo‘lgan jamoa a’zolari va muxlislarini ham ranjitib qo‘yishimiz mumkin.»

Hozircha, bu uchlikni qanday muammolar kutib turgani noma’lum. Gap shundaki, Aleksandr Cheferin qolganlarga o‘rnak bo‘lishi uchun ham Superliga tashkilotchilarini keskin jazolaydi. U tug‘ma jangchi. Qandaydir bir hafta davom etgan urushda UEFA rahbari qo‘lidagi barcha kuchni ishga solganini ko‘rdik. G‘alaba qozongach, raqiblarini kechirib ketmasa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!