Uesli Sneyder “Beyjing Guan”da Egor Krimetsning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 6 yanvar, 2017, 16:31
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Turkiyaning “Galatasaroy” klubi yarim himoyachisi Uesli Sneyder faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Xitoy matbuoti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Beyjing Guan” klubi gollandiyalik xavbekka qiziqish bildirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, xitoyliklar Sneyderni o‘z tarkiblariga qo‘shib olish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

Yaqin kunlarda osiyoliklar “Galatasaroy”ga taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Beyjing Guan"da milliy terma jamoamiz himoyachisi Igor Krimets faoliyat olib boradi. Qolaversa, Igor Sergeev ham yarim mavsum shu jamoa sharafini himoya qildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!