UFC 10 ta promoushen orasida oxirgi o‘rinni egalladi

  • 4 yanvar, 19:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

2024 yil oxirida UFC aralash yakkakurashlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi o‘nta ligasi orasida erta g‘alabalar va nokautlar foizi bo‘yicha oxirgi o‘rinni egalladi.

Tecno

Statistik ma’lumotlar tahlilchisi Nik Latshou tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili UFC da janglarning 44,8 % erta tugagan.

Erta g‘alabalarning eng yuqori foizi Cage Warriors ligasida qayd etilgan - 65,9%. Undan keyin KSW - 63% va Brave CF - 62,5%. Rizin va LFA ligalarida janglarning 61,8 % erta yakunlangan, ONE FC da - 55,7 %, PFL da - 53 %.

Eslatib o‘tamiz, UFC da o‘tgan yil o‘rtalaridan buyon nokautlar soni sezilarli darajada kamaygan va ko‘pchilik buni qo‘lqoplarning yangi modelining joriy etilishi bilan izohlagan. UFC rahbariyati buni rad etdi, biroq noyabr oyining o‘rtalarida eski uslubdagi qo‘lqoplarga qaytishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!