"UFC 266" turnirining to‘liq natijalari bilan tanishing!

  • 26 sentabr, 2021, 13:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun tongda  tashkil qilingan “UFC 266” turniri qiziqarli janglarga boy bo‘ldi. 

Tecno

Jumladan markaziy to‘qnashuvdan o‘rin olgan yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bo‘lgan, Aleksandr Volkanovskiy hamda Brayan Ortega jangi juda ham shiddatli tarzda kechdi va yakunda Volkanovskiy o‘z chempionlik titulini saqlab qoldi. U 49-46, 50-45, 50-44 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Shuningdek, qirg‘izistonlik super engil vazn chempioni Valentina Shevchenko amerikalik Loren Myorfini texnik nokautga uchratib, yana bir bor o‘z divizionining yaqqol etakchisi ekanligini isbotladi. 

Shuningdek yana bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. 

Yarim engil vazn (61-66 kg)

Jonatan Pirs (AQSh, 11-4) - Omara Ferrera (Venesuela, 11-2) — Pirs 2-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alaba qozondi

Yarim o‘rta vazn (70-77 kg)

Metyu Semelsberger (AQSh, 9-3) pobedil Martina Sano (SShA, 4-3) — Semelsberger 1-raundning dastlabki soniyasidayoq nokaut bilan zafar quchdi. 

O‘rta vazn (77-84 kg) toifasi 

Nik Maksimov (AQSh, 7-0) -  Kodi Brandeydja (AQSh, 6-2) — Maksimov ochkolar hisobida g‘alaba qozondi. 

Engil vazn (65-70 kg) toifasi

 Jelin Terner (AQSh, 11-5) - Urosha Medicha (AQSh, 7-1) — Terner 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alabag erishdi. 

Super engil vazn (Ayollar, 52-56 kg): 

Tayla Santos (Braziliya, 18-1) - Roksann Modafferi (AQSh, 25-19) — Santos ochkolar hisobida zafar quchdi.

Og‘ir vazn toifasi (93-120 kg)

Kris Dakas (AQSh, 12-3) - Shamil Abdurahimov (Rossiya, 20-6) — Dakas 2-raundda texnik nokaut bilan halaba qozondi. 

Engil vazn (65-70 kg) 

Den Xuker (Yangi Zelandiya, 20-6) - Nasrata Xaqparast (Germaniya, 13-6) — Xuker ochoklar hisobida g‘alabaga erishdi. 

O‘ta engil vazn (57-61 kg)

 Merab Dvalishvili (Gruziya, 14-4) - Marlon Moraes (Braziliya, 23-9-1) — Dvalashvili 2-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi. 

Super engil vazn (52-56 kg)

Djessika Andrade (Braziliya, 22-9) - Sintiyu Kalvilyu (AQSh, 9-3) — Andrade 1-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Og‘ir vazn (93 -120 kg) toifasi

 Kyortis Bleyds (AQSh, 15-3-1) - Jairzino Rozenstrayk (Surinam, 12-3) — Bleyds ochoklar hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘rta vazn (77-84 kg) toifasi

Robbi Louler (AQSh, 29-15) - Nika Dias (AQSh, 26-10) — Louler 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!