"UFC 310" turniridan avval Shavkat Rahmonov va Ian Garri sparring o‘tkazdi, biroq...

  • 04.12.2024 19:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Shavkat Rahmonov irlandiyalik Ian Garri bilan sparring haqida gapirdi.

“Garri bilan uch-to‘rt marta sparring o‘tkazdik. O‘sha paytda uning xotini mendan sparringimizni videoga olish mumkinmi, deb so‘radi. Men rozi bo‘ldim, lekin nashr qilish mumkinmi yoki yo‘qmi, deb so‘rashmadi. Endi esa Ian taslim bo‘lganida nima uchun ular sparringning yakunini e’lon qilishmaganiga hayronman", - dedi qozog‘istonlik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonov (18-0) va Garri (15-0) 8 dekabr kuni "UFC 311" turnirida o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!