"UFC 321" turnirida kutilmagan voqea yuz berdi
BAAning Abu-Dabi shahrida "UFC 321" turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy jangida og‘ir vaznda amaldagi chempion Tom Aspinall va frantsiyalik Siril Gan ishtirok etadi. Shuningdek, asosiy kardda Mario Bautista rossiyalik Umar Nurmagomedov bilan to‘qnash keldi.
Mizuki Inoue hakamlarning yakdil qarori bilan Jaklin Amorim ustidan g‘alaba qozondi;
Azat Maksum ochkolar evaziga Mitch Raposodan mag‘lub bo‘ldi;
Xamdi Abdelvaxab hakamlar qaroriga ko‘ra Kris Barnettdan ustun keldi;
Nataniel Vud ochkolar evaziga Xoze Migel Delgadoni taslim etdi;
Valter Uoker 1-raundda Lui Sazerlend ustidan ustidan sabmishn evaziga zafar quchdi;
Lyudovit Klayn dahshatli kechgan jangda Mateush Rebetskini ochkolar bo‘yicha engdi;
Ikram Aliskerov hakamlarning yakdil qarori bilan Pak Chun Yonni mag‘lubiyatga uchratdi;
Kuillan Salkilld 1-raunddayoq Nasrat Xakparastni nokaut qildi;
Azamat Murzakanov 1-raundda Aleksandr Rakichni texnik nokautga uchratdi;
Aleksandr Volkov ochkolar bo‘yicha Jailton Almeydani mag‘lub etdi;
Umar Nurmagomedov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Mario Bautista ustidan g‘alaba qozondi;
Makkenzi Dyorn ochkolar evaziga Virna Yandirobadan ustun kelib, minimal vaznda UFC chempioniga aylandi;
Tom Aspinall va Ciril Gan o‘rtasidagi jang birinchi raundda britaniyalikning ko‘ziga sanchilgan zarba tufayli to‘xtatildi va bahs bekor qilindi. Aspinall chempionligicha qoldi.
50 ming dollar bonus egalari: Lyudovit Klayn, Mateush Rebetski, Valter Uoker, Kuillan Salkilld.



Fikrlar