“UFC Fight Night 228” turnirida 50 000 AQSh dollari miqdoridagi bonusni qo‘lga kiritganlar ma’lum bo‘ldi
Bugun tongda bo‘lib o‘tgan, “UFC Fight Night 228” turnirining yakunlariga ko‘ra 50 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti, bonusni qo‘lga kiritgan jangchilar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bonuslar 2-raundda Mishel Uotersonni nokautga uchratgan Marina Rodriges va birinchi raundda Rikardo Ramosni bo‘g‘ib qo‘ygan Charlz Jordeynga nasib etdi.“Turnirning eng yaxshi jangi” deya Tim Mins va Andre Fialoga qarama-qarshiligi topildi. Ushbu to‘qnashuvda Mins uchinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, markaziy jang Mateush gamrot hamda Rafael Fiziev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va jarohat olgan Fiziev jangni davom ettira olmaganidan so‘ng, Gamrotga texnik nokautli g‘alaba yozildi.

Fikrlar