UFC muxlislari 2027 yilning yanvarida ikkita super jangga guvoh bo‘lishi mumkin
Taniqli sport insayderi Ariel Helvani 2027 yil yanvar oyida o‘tkaziladigan "UFC 336" turnirida yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik jangi o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Braziliyalik Karlos Prates yaqinda Islom Maxachevning navbatdagi raqibi sifatida "ishda" ekani va ehtimoliy sana deya yanvar oyini tilga olgandi. Demak bu ham bejiz emas.
Shu bilan birga, dastlab dekabr oyida jang qilishni talab qilgan Maykl Morales endi fikrini o‘zgartirganga o‘xshaydi. U Prates va Ian Garri ni keyingi raqiblari emasligini aytdi. Shundan so‘ng qozog‘istonlik MMA ustasi Shavkat Rahmonov Tik-tok storislarida ekvadorlik bilan potensial jangga ishora qilib, "19-0 vs 19-0" deya yozib qoldirdi.

Hozircha rasm an hech narsa yo‘q, lekin barchasi tez orada oydinlashadi!

Fikrlar