"UFC on ESPN 61" turniri yakunlandi

  • 11 avgust, 2024, 17:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC on ESPN 61" turniri bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy to‘qnashuvida moldovalik Sergey Spivak va polshalik Marchin Tybura o‘rtasida revansh jangi o‘tkazildi. 

“Sports.uz” sayti sizga musobaqa ishtirokchilarining qayd etgan natijalari haqida to‘liq ma’lumot beradi:
Prelim:

Stefani Lusiano Talita Alenkarni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 30-27);

Yusuf Zalol birinchi raunddayoq Yaarno Errensdan ustun keldi (3:52);

Jonata Diniz ochkolar bo‘yicha Karl Uilyamsni engdi (30-27, 29-28, 29-28);

Kerol Roza Penni Kianzad  ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27);


Asosiy kard:

Toshiomi Kazama ikkinchi raundda Xaralampos Grigoriouni taslim qildi (1:55);

Yan Santos hakamlarning yakdil qarori bilan Chelsi Chendlerni mag‘lubiyatga uchratdi (30-27, 29-28, 29-28);

Kris Guterres ochkolar bo‘yicha Quang Ledan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Denni Barlou Nikolay Veretennikovni qiyin kechan bahsda engdi (29-28, 27-30, 29-28);

Chepe Mariskal hakamlarning yakdil qarori bilan Deymon Jekson ustidan g‘alaba qozondi (30-25, 30-26, 30-25);

Sergey Spivak birinchi raundda Marchin Tyburani qo‘l og‘ritish usuli orqali mag‘lub etdi (1:44).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!