UFC sobiq chempioni yana hibsga olindi!
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Bi-Jey Penn 4 noyabr kuni Gavayi orollarida hibsga olindi. Bu haqda "MMA Fighting" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 45 yoshli sobiq jangchi uchinchi darajali qonunbuzaplik bo‘yicha ayblangandi. Biroq oradan biroz o‘tib, 1 000 dollar garov evaziga ozod qilindi.
“Jabrlanuvchining ma’lum qilishicha, Penn uni bir necha bor musht va oyoqlari bilan urgan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchi politsiyaga murojaat qilgan va keyinroq tibbiy yordam so‘ragan. Soat 11:50 da ofitserlar Pennni Hilo shahridagi Lehua ko‘chasida qarshiliksiz hibsga olishgan", - deyiladi politsiya bayonotida.
Ma’lumot uchun, bu — 2025 yilda Pennning oltinchi marta hibsga olinishi hisoblanadi. May oyida Penn “haqiqiy oilasi”ni AQSh hukumati almashtirganini iddao qilib, hozirgi oila a’zolarini “soxta” deb atagan. Uning yaqinlari esa sobiq jangchining ruhiy holati og‘irligidan xavotirda ekanliklarini bildirgan.

Fikrlar