UFC va Bellator faxriysi vafot etdi

  • 16 oktabr, 2024, 16:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

UFC va Bellator promoushenlarida jang o‘tkazgan MMA faxriysi Gilerme "Bomba" Vaskonselos 38 yoshida vafot etdi.

Uning vafoti haqidagi xabarlarni birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari, jumladan, jiu-jitsu bo‘yicha uzoq yillik murabbiylar Krishtianu Lazzarini va Vinisius "Drakula" Magalxaes e’lon qilishdi. Bugun "MMA Fighting" xabarini qo‘shimcha manbalar tasdiqladi. Hozircha o‘lim sabablari ma’lum qilinmagan.

Ma’lumot uchun, "Bomba" o‘zining MMA karerasini Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Vendell Oliveyrani ikkinchi raundda mag‘lub etish bilan boshlagan va 2014 yil UFC da o‘z debyutini o‘tkazgan edi. Sportchi faoliyati davomida 10 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!