UFC Valentina Shevchenkoning kamarini tortib olmadi

  • 11.09.2026 14:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC yulduzi Valentina Shevchenko o‘z tashabbusi bilan chempionlik kamaridan voz kechdi. Bu haqida promoushen rahbari Dana Uayt "UFC on Paramount" ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Hech kim Valentinaning unvonidan mahrum qilgani yo‘q – uning o‘zi bo‘shatdi. Bilishimcha, u jarohatlarini tuzatishmoqchi ekan, shuning uchun bunday qarorga kelgan. Shevchenkoning qaytish muddatiga kelsak, hozircha menda ma'lumot yo‘q", - dedi UFC prezidenti.

UFC ning rejasiga ko‘ra, 3 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitidagi "UFC 332" turnirida Shevchenkoning vakant kamari uchun xitoylik Van Kong va braziliyalik Natal'ya Silva bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenkoning murabbiyi Pavel Fedotov bel va elka boylamlari jarohati tufayli shogirdi kamida sakkiz oyga safdan chiqishini ma'lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!