"UFC Vancouver" turnirining 12 ta jangidan 9 tasi muddatdan avval yakunlandi
Hozirgina Kanadada o‘tkazilgan "UFC Vancouver" turniri yakunlandi. Kechaning markaziy jangida amerikalik Brendan Allen Niderlandiya vakili Rene de Ridderni 4-raundda texnik nokautga uchratdi.
Quyida boshqa bahslarning natijasi bilan ham tanishib olishingiz mumkin.
Prelim:
Melissa Kroden 3-raundda Tainara Lisboani texnik nokautga uchratdi;
Yusri Belgarui 3-raundda Azamat Bekoevni texnik nokaut qildi;
Stefani Luchano 3-raundda Ravena Oliveyrani sabmishn evaziga mag‘lub etdi;
Jordan Santos hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Denni Barlouni engdi;
Bruno Silva 3-raundda Yun Sun Park ustidan sabmishn orqali g‘alaba qozondi;
Aor Kyuileng 1-raundda Kodi Gibsonni nokautga uchratdi;
Dryu Dober 3-raundda Kayl Prepoletsni texnik nokaut qildi;
Asosiy kard:
Kayl Nelson hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Mett Frevolani taslim etdi;
Charlz Jorden 1-raunddayoq Deyvi Grant ustidan sabmishn evaziga zafar quchdi;
Manon Fioro 1-raunddayoq Jasmin Jasdavisiusni texnik nokautga uchratdi;
Aymann Zaxabi ochkolar evaziga Marlona Verani engdi;
Mayk Melott hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Kevin Xollenddan ustun keldi;
Brendan Allen 4-raundda Rene de Ridderni texnik nokautga uchratdi

Fikrlar