Uilfrid Zaa "Arsenal"ga o‘tmoqchi

  • 27.06.2019 00:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Kristal Pelas” yarim himoyachisi Uilfrid Zaa mavsumlar oralig‘ida “Arsenal”ga o‘tishni istamoqda. Bu haqda BBC xabar tarqatmoqda.

“Kristal Pelas” rahbariyati 26 yoshli futbolchining transferini 80 mln funtga baholamoqda. Biroq, Aaron Uan-Bissaka kabi etakchi futbolchisini MYuga boy berayotgani bois, Zaadan ham ayrilmoqchi emas va uni tarkibda olib qolmoqchi.

O‘z navbatida “kanonirlar” ushbu qimmat transferni amalga oshirishlari uchun Per-Emerik Obameyang yoki Lukas Torreyra kabi futbolchilaridan birini sotishi kerak.

Ma’lumot uchun, Zaa o‘tgan mavsum APLda 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
S A G A
27/06/2019 01:03
Arsenalga mos uyinci emas