"Uimbldon-2026”: Uch nafar hamyurtimiz asosiy davrada ishtirok etadi

  • 26.06.2026 11:07
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonda o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha "Uimbldon" “Katta dubulğa” turnirining saralash bahslari yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ortda qolgan kun kvalifikatsiyaning so‘nggi bosqichida kortga chiqqan ikki tennischimiz irodali g‘alabaga erishib, asosiy davraga yo‘l olishdi.

Mariya Timofeeva – Khiter Uotson (Buyuk Britaniya) 3:6, 6:2, 6:1 
Polina Kudermetova – Alina Charaeva (Neytral sportchi) 4:6, 6:4, 6:1

Shu tariqa, 29 iyun kuni start oladigan turnirning asosiy davrasida Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova hamda Mariya Timofeeva yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!