“Manchester Yunayted” ulardan qutilganiga xursandman!

  • 20 iyun, 2022, 21:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Roy Kin jamoa uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan mavsumdan keyin bir necha o‘yinchi klubni tark etganidan mamnun bo‘lganini yashirmadi.

Tecno

Ma’lumki, Manchesterdan shartnomasi yakunlangan  Pol Pogba, Nemanya Matich, Jessi Lingard, Edinson Kavani va Xuan Mata ketdi.

- Klub bu o‘yinchilarga oldinga qarab qadam tashlash imkonini berdi. Yangi murabbiy xayoli boshqa joylarda bo‘lgan futbolchilarga e’tibor qaratmagani yaxshi bo‘ldi. Endi hammasini toza sahifadan boshlasa bo‘ladi. Rahbariyat yangi transferlar uchun mablag‘ ajratishi aniq, - dedi Roy Kin.

“Manchester Yunayted” o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad – Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishni uddalay olmadi. Rahbariyat bosh murabbiylikka Erik ten Xagni olib keldi. Niderlandiyalik murabbiy ayni paytda o‘z o‘yin uslubiga tushadigan jangovar tarkibni shakllantirish bilan band.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!