
Ular o‘rtasidagi jangga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Shavkat Rahmonov va ushbu vaznda chempionlik unvoni uchun bir necha bor sobiq davogar Kolbi Kovington o‘rtasidagi jangga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bu haqida ba’zi manbalar xabar beryapti. Shuningdek, ushbu qarama-qarshilik shu yilning iyun oyida Sietldagi UFC turnirida bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rahmonov hali mag‘lubiyat alamini totmagan va ketma-ket 18 ta jangdan iborat g‘alabali seriyasini davom ettiryapti. O‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Rahmonov Stiven Tompsonga qarshi bahsda g‘alaba qozongan edi. Kovingtonga kelsak, u o‘zining so‘nggi jangida Leon Edvardsga yutqazib, yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempionligini yana qo‘ldan boy berdi.
Fikrlar