Ular Ronalduning yo‘qligi bildirmaydi

  • 16 yanvar, 2022, 22:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” o‘tgan yozda Krishtianu Ronalduni qo‘yib yuborganidan keyin to‘purar hujumchi tanqisligiga duch keldi. Turin klubining hozirgi hujumchilari Alvaro Morata, Paulo Dibala, Mozye Ken kutilgan samaradorlikni namoyish eta olmayapti.

Bosh murabbiy Massimiliano Allegri o‘zi yoqtirmagan Ronalduning yo‘qligini bildirmaslik uchun bir necha o‘yinchilarni nishonga oldi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Allegri birinchi navbatda “Valensiya” hujumchisi Maksi Gomesni “Yuventus”ga olib kelishni talab qilmoqda.

Shuningdek, turinlik ro‘yxatida “Zenit” to‘purari Sardor Azmun va “Barselona”dan ketish payida yurgan Memfis Depay ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!