Ular yangi mavsumni yangi jamoalarda boshlashlari mumkin

  • 7 may, 2020, 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning ikki grandi - "Yuventus" va "Roma" yozgi transferlar davrida o‘zaro hujumkor yarim himoyachilar rokirovkasini amalga oshirmoqchi.

Tecno

Calciomercato nashrining yozishicha, mavsumlar oralig‘ida Nikola Dzanolo “keksa sinora”ga, Federiko Bernardeski esa “bo‘rilar” safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Dzanolo joriy mavsum "Roma" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 45 million evroga baholanmoqda.

Bernardeski esa 24 ta o‘yinda 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 28 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!