Ulloa agar maydonga tushmasa, “Lester”dan ketadi

“Lester Siti” jamoasi hujumchisi Leonardo Ulloa agar jamoa murabbiyi uni maydonga tushirmaslikda davom etaversa, amaldagi Angliya chempioni safidan ketishi mumkin. Bu haqda futbolchining o‘zi gapirib o‘tdi.

“Men o‘ynashni hoxlayman. Agar menga o‘yin amaliyoti berilmasa, o‘zim uchun boshqa jamoa qidirishimga to‘g‘ri keladi. Bu qarorni qabul qilish men uchun qiyn bo‘ladi albatta.

Men transfer davri kelishini va murabbiy qarorini kutyapman. Shundan so‘ng mening kelajak taqdirimga oydinlik kiritiladi.

“Lester” bilan shartnomam borligini unutmasligim kerak, ammo, kelajagim haqida ham qayg‘urishim lozim”, - deydi Ulloa Sky Sportsga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli hujumchi ushbu mavsum premer-ligada 7ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda bor yo‘g‘i 92 daqiqa maydonda harakat qilgan holos. Uning hizmatlariga “Sanderlend” klubi qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!